Янгиликлар
Konstitutsiyaviy sud majlisida Konstitutsiyani amalga oshirish boʼyicha takliflar bildirildi
Konstitutsiyaviy sud majlisida Konstitutsiyani amalga oshirish boʼyicha takliflar bildirildi
2024 yil 6 dekabrь kuni boʼlib oʼtgan Konstitutsiyaviy sud majlisida Konstitutsiyani amalga oshirish boʼyicha bir qator takliflar ilgari surildi, jumladan:
parlament tomonidan Konstitutsiyani oʼqib-oʼrganish boʼyicha Milliy faoliyat dasturini qabul qilish, Konstitutsiya asoslari boʼyicha imtihonlar oʼtkazish tizimini amalda tatbiq etish;
qonunlardagi mahalliy davlat hokimiyati vakolatlariga oid umumiy normalarni hokimlik va mahalliy Kengashlar oʼrtasida ajratgan holda aniq tahrirda bayon etish;
shaxsning sukut saqlashga oid konstitutsiyaviy huquqlarini jinoyat toʼlaqonli taʼminlash uchun ularni qonunchilikda batafsil aks ettirish;
inson huquq va erkinliklarini cheklovchi loyihalarni ishlab chiqishda konstitutsiyaviy talablarga rioya etish;
loyihalarni huquqiy ekspertizadan oʼtkazishda ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini baholashni alohida mezon sifatida belgilash;
renovatsiyaga oid munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish;
barcha masʼullarning tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishi boʼyicha konstitutsiyaviy kafolatlarga soʼzsiz rioya etishiga;
maxsus qonunlarda xalqaro shartnomalarning yuridik kuchi masalasi aniq tartibga solish, xalqaro shartnomalar normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash mexanizmlarini ochib berish.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.G‘.Jamolov