Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Konstitutsiyaviy sud mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʼgʼrisidagi axborotni koʼrib chiqdi


 

Konstitutsiyaviy sud mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʼgʼrisidagi axborotni koʼrib chiqdi

 

2024 yil 6 dekabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi boʼlib oʼtdi.

Majlisda Konstitutsiyaviy sudning 2024 yilda mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʼgʼrisidagi axboroti koʼrib chiqildi.

Konstitutsiyaviy sud axborotida Аsosiy Qonunimizni amalga oshirish boʼyicha 15 ta yoʼnalishda olib borilgan islohotlarga alohida toʼxtalib oʼtildi.

2024 yil davomida Konstitutsiyaviy sudga jami 1 400 ta murojaatlar, shundan 1 350 tasi fuqarolar, 50 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Fuqarolar pensiya, fuqarolik, uy-joy, mehnat qonunchiligining alohida normalarini konstitutsiyaviyligini tekshirish yuzasidan murojaat qilgan.

Konstitutsiyaviy sud tomonidan 2024 yilda konstitutsiyaviy nazorat tartibida 70 ta qonun va 218 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi oʼrganilgan.

Shu bilan birga Konstitutsiyaviy sud axborotida Аsosiy Qonunimizni amalga oshirish boʼyicha bir qator takliflar ham ilgari surildi.

Xususan, vazirlik va idoralarning nizomlari qayta koʼrib chiqilib, ularda Konstitutsiyani amalga oshirish boʼyicha vazifa va funktsiyalar aniq belgilab qoʼyiladi.

 

 

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                               S.G‘.Jamolov