Янгиликлар
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʼRQ-1010-son, 05.12.2024 y.) bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar toʼgʼrisida"gi Qonunga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi
Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direktsiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari Qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʼyicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi toʼgʼrisidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direktsiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti N.A.Tojiqulova