Янгиликлар
Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi
Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʼRQ-1009-son, 04.12.2024 y.) bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʼshimchalar va oʼzgartirish kiritildi
Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʼtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʼziga nisbatan tibbiy yoʼsindagi majburlov chorasi qoʼllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan toʼldirilmoqda.
Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va oʼziga nisbatan tibbiy yoʼsindagi majburlov choralari qoʼllanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti N.A.Tojiqulova