Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash tizimi takomillashtiriladi


 

Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash tizimi takomillashtiriladi

 

“Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ-408-son, 29.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga koʼra, 2025 yil 1 yanvardan belgilangan tartib va roʼyxatga asosan quyidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat xaridini toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi:

original dori vositalari (ularning ishlab chiqaruvchisi yoki rasmiy yetkazib beruvchisi orqali);

yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagent, reaktiv va sarflov vositalari;

shoshilinch va tez tibbiy yordam koʼrsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar.

“O‘zmedimpeks” va “Tibbiyot texnikalariga xizmat koʼrsatish oʼquv-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasalari negizida Sogʼliqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xaridlar markazi hamda Markazning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti sogʼliqni saqlash tizimida dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining qonuniyligi va maqsadliligini taʼminlash, ularning manzilli yetkazilishi ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatadi.

 

 

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                           N.A.Tojiqulova