Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot taʼsis etiladi


 

Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot taʼsis etiladi

 

“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ-399-son) qabul qilindi

Qarorga koʼra, dramaturglar uchun Mahmudxoʼja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yoʼldoshev nomidagi mukofot taʼsis etiladi.

Bunda mukofotlar boʼyicha tanlovlar har ikki yilda oʼtkazilib, ularning gʼoliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Rejissyor – dramaturg – kompozitor – rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025 yildan har yili avgust oyida “Nigoh” ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

Milliy akademik musiqa sanʼatini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2 yilda milliy kompozitorlar tanlovi oʼtkazib boriladi.

Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar boʼyicha har yili “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovi joriy etiladi.

2025 yildan:

har 2 yilda tarixiy va zamonaviy mavzular boʼyicha “Eng yaxshi pьesalar” tanlovi tashkil etiladi;

Oʼzbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

 

 

 

Bo‘ka tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                           N.A.Tojiqulova