Янгиликлар
“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi
“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi
“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qaroriga koʼra, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.
Bunda:
“Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari oʼtkazish yoʼlga qoʼyiladi;
“Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʼlgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali teatriga “Аkademik” maqomi beriladi.
2026 yil yakunigacha Oʼzbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.
2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida Oʼzbekiston davlat yoshlar teatri hamda Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.
Bo‘ka tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti N.A.Tojiqulova