Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

FHDY organlarining majburiyatlari borligini bilasizmi?


FHDY organlarining majburiyatlari borligini bilasizmi?

          Vazirlar Mahkamasining 550-son qaroriga asosan FHDY organlari:

fuqarolarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;

fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish vaqtida fuqarolar tomonidan qonunchilik buzilganligi aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga bu haqda xabar qilishi;

qonun hujjatlariga zid bo‘lgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishni rad qilishi;

arxiv fondini yuritishi va saqlashi;

Vazirlik va hududiy adliya organlarining topshiriqlarini bajarishi va ularga FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim qilishi;

FHDY organlarining faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda Vazirlik va hududiy adliya organlariga hisobot berishi shart.

FHDY organlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

 

Bo‘ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                  Abdug‘apparov Abbos