Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Korxonada taʻtillar jadvalini tuzmaslik mumkinmi?


Korxonada taʻtillar jadvalini tuzmaslik mumkinmi?

Mehnat kodeksining 216-moddasiga asosan ish beruvchi har yili ish yili davomida xodimlarga mehnat taʻtilini berishga majbur hisoblanadi. Shuningdek, ish beruvchi taʻtillar jadvalini tuzish orqali xodimlarga taʻtilni berish navbatini belgilashi lozim. MKning 228-m. 1-qismi.

Bu tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qatʻi nazar, barcha tashkilotlar va ularni xodimlari uchun majburiy ichki hujjatdir, mikrofirmalar bundan mustasno.

Mikrofirmalar taʻtillar jadvalini tasdiqlamasligi mumkin – ularga bunday huquqni (MKning 505-moddasi). Mikrofirmalarda taʻtildan foydalanishning aniq muddati xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi MK 505-moddasi.

Taʻtillar jadvalini ish beruvchi xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda kalendar yil boshlangunga qadar tasdiqlaydi.

Ish beruvchi taʻtillar jadvalini tuzmaganligi uchun mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchining aybdor mansabdor shaxsini MJTKning 49-moddasi boʻyicha maʻmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Agar kalendar yil allaqachon boshlangan boʻlsa, baribir taʻtillar jadvalini joriy sana bilan tasdiqlash tavsiya etiladi.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi                    A.Narziyev