Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Kimlarga ishga qabul qilishda dastlabki sinov qoʻllanilmaydi.


Kimlarga ishga qabul qilishda dastlabki sinov qoʻllanilmaydi.

Mehnat qonunchiligida quyidagi koʻrsatilganlar nisbatan sinov muddati qoʻllanilmaydi:

-homilador ayol, uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

-zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar;

-davlat grantlari asosida oʻqigan va oliy taʻlim tashkilotini tamomlagan kundan eʻtiboran uch oy ichida yoʻllanma boʻyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʻlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

-tegishli taʻlim tashkilotini tamomlagan kundan eʻtiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʻlim tashkilotlarining bitiruvchilari;

-oʻzi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

-oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;

-ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʻyicha bekor qilgan boʻlsa, oʻsha shaxslar;

-ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi boʻyicha ushbu ish beruvchida oʻqishni oʻtagan oʻquvchilar;

-jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

 

Yangiyoʻl tumani Adliya boʻlimi YXKM bosh yuristkonsulti     X.Murodjonov