Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

2024-yil yangi yil bayramida xodimlar nechakun dam olishadi?


2024-yil yangi yil bayramida xodimlar nechakun dam olishadi?

“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2025- yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.

 

Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

 

28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

 

29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

 

30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;

 

31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;

 

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

 

2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

Boʻka tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti                                  Abdugʻapparov.A