Янгиликлар
Majburiy mehnat uchun qanday javobgarlik belgilangan?
Majburiy mehnat uchun qanday javobgarlik belgilangan?
Konstitutsiyaning 44-moddasi hamda Mehnat kodeksining 5-moddasida majburiy mehnatning taqiqlanishi aniq ko‘rsatilgan.
▪️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash,
— bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravari (37 500 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Majburiy mehnat tashkilotchisi bo‘lgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin yana shunday qilmishni takrorlasa, Jinoyat kodeksining 148(2)-moddasiga asosan, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Toshkent tumani YUXKM rahbari S.Raxmatov