Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ko‘prik va sun’iy inshootlar bo‘yicha yagona elektron tizim ishga tushadi


Ko‘prik va sun’iy inshootlar bo‘yicha yagona elektron tizim ishga tushadi

2025 yilning I choragida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan holda yangi yaratilgan elektron tizim bazasi ishga tushiriladi.

Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, ko‘prik va sun’iy inshootlar bo‘yicha yaratilayotgan yagona elektron tizimga ko‘prik va sun’iy inshootlarda o‘tkazilgan texnik ko‘rik natijalariga muvofiq qoniqarli (yashil), ta’mirtalab (sariq), avariya holatidagilari esa qizil toifalarga ajratilgan holda kiritilib, dasturlar qisqa muddatda va samarali tashkil etiladi.

“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri kutilmagan avariya holatlarining oldini oladi, joylashgan koordinatasini (lokatsiya) oson aniqlab, ko‘prik va sun’iy inshootga tegishli barcha umumiy ma’lumotlarni taqdim etadi. Joylardagi aholi ko‘prik va sun’iy inshootga o‘rnatilgan (QR) sinxronlash kod orqali murojaat va takliflarini mobil ilova yordamida bildirishi mumkin bo‘ladi.

Toshkent tumani YUXKM rahbari                                                            S.Raxmatov