Янгиликлар
Mehnat ta’tiliga pul to‘lash
Mehnat ta’tiliga pul to‘lash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2024 yildagi 758-son "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga 5-ilova “Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga ko‘ra xodimga har yilgi mehnat ta’tili uchun haq to‘lash va foydalanmagan ta’til uchun pulli kompensatsiya to‘lash uchun (shu jumladan, ish vaqti jamlab hisobga olinganda) o‘rtacha ish haqi O‘zbekistan Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi o‘ninchi qismiga muvofiq hisoblangan o‘rtacha kunlik ish xaqini ta’til kunlari, shu jumladan, foydalanmagan ta’til kunlari soniga (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) ko‘paytirish orqali belgilanadi. Boshqa hollarda o‘rtacha ish haqi o‘rtacha kunlik ish haqini ish kunlari soniga ko‘paytirish orqali belgilanadi.
Yuqori Chirchiq tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshligi M.Shamatov