Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasisini berish


Bolani parvarishlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasisini berish

 

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2667 ) 4-bobi 31-39-bandlari oilaning betob a’zosini parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishni tartibga soladi https://lex.uz/docs/-2625878#-2625983

Yo‘riqnomaning 32-bandiga ko‘ra, ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan 14 yoshga еtmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Demak, e’tibor bering, bu еrda gap ambulator sharoit ya’ni bemorni tibbiyot muassasasiga joylashtirmasdan qatnov asosida yoki uyda davolanishi haqida gap ketmoqda.

Bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) bola statsionarga ya’ni bemorni doimiy ravishda tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lishiga sharoit yaratish maqsadida uni yotib davolanishini ta’minlaydigan tibbiyot muassasasiga qabul qilingan kundan yopiladi.

Statsionar sharoitda 3 yoshga to‘lmagan bolani parvarishlash uchun qarovni ta’minlaydigan shaxsga davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, agar statsionar sharoitda 3 yoshga to‘lmagan bolaga qaralsa, davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Agar 3 yoshdan katta bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bola statsionarga qabul qilingan kundan yopiladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshligi                                              M.Shamatov