Янгиликлар
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lash masalasi
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tillar uchun
pullik kompensatsiya to‘lash masalasi
MK 234-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
E’tibor bering, barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun deyilmoqda. Siz aytgan 481 va 483-moddalardagi ta’tillar ham qo‘shimcha ta’til hisoblanadi.
Ya’ni mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ushbu ta’tillar uchun ham pulli kompensatsiya beriladi.
Ko‘pchilik MK 234-moddasi 3-qismiga chalg‘imoqda. Ya’ni 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
E’tibor berdingizmi, mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Diqqat! Mehnat davrida pulli kompensatsiya qilib bo‘lmasligi haqida gap ketmoqda.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda esa pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Xullas, xodimning haqqiga xiyonat qilmaslik kerak. Mehnat shartmnomasi bekor qilinganda, 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan foydalanilmagan qo‘shimcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya to‘lanishi shart.
Yuqori Chirchiq tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshligi M.Shamatov