Янгиликлар
“Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi
“Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi
“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Qoʻmita) raisi va uning oʻrinbosarlari zimmasiga 2025-yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta koʻrib chiqish;
sanoat xavfsizligini taʻminlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmogʻida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qoʻmitaga oʻtkaziladi.
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.
Qoʻmita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:
Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
2025-yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi joriy etiladi.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
Adliya boʻlimi bosh yuristkonsulti U.Fayzullayev