Янгиликлар
“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-214-son, 10.12.2024 y.) qabul qilindi
“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-214-son, 10.12.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, Prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:
moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlarni belgilash mezonlarini takomillashtirish;
yangidan tashkil qilingan tadbirkorlarning rivojlanishini baholash ko'rsatkichlarini maqbullashtirish;
“BBB” toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to'lanadigan QQS summalarini o'zaro hisobga olish tartibini tatbiq etish;
mahalliy pivo mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyatini vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.
Bunda Prezident farmoniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:
moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan bir yil muddatga harakatsiz rejimga o'tkaziladi;
harakatsiz rejimga o'tkazilgan korxonalar faoliyati bir yil davomida tiklanmagan taqdirda, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlarning yagona davlat reyestridan chiqaradi”.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti U.Fayzullayev