Янгиликлар
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar qaysi manbalar hisobiga shakllantiriladi?
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar qaysi manbalar hisobiga shakllantiriladi?
Javob: Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti va uning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakillantiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalari mahalliy hokimliklar zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni elektron savdo platformasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga qoʻshimcha manbalar sifatida oʻtkaziladigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar, mahalliy byudjet parametrlarida mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar, davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan qismi) va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantirilishi mumkin.
Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarga tushgan mablagʻlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamgʻariladi
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov