Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarini boshqarishning yuqori organi va uning vakolatlari toʻgʻrisida maʼlumot bering?


Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarini boshqarishning yuqori organi va uning vakolatlari toʻgʻrisida maʼlumot bering?

Javob: Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlari mazkur jamgʻarmalarni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.

Kuzatuv kengashlari yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan asoslantiruvchi materiallarni koʻrib chiqish va kelishib olish, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrni jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, tegishli jamgʻarma mablagʻlarining kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish, shuningdek, ularni keyingi yil uchun tasdiqlash, tegishli jamgʻarma daromadlarining barqaror shakllantirilishini hamda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berishni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash vakolatlariga ega.

Kuzatuv kengashlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi va kuzatuv kengashlarining qarorlari kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov