Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarining ijro etuvchi organi va uning vakolatlari toʻgʻrisida maʼlumot bering?


Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarining ijro etuvchi organi va uning vakolatlari toʻgʻrisida maʼlumot bering?

Javob: Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalarining ishchi organlari ularning ijro etuvchi organi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlarining ishchi organi hisoblanadi.

Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organlari tegishli jamgʻarmalar mablagʻlari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi hamda belgilangan muddatlarda jamgʻarmalarning kuzatuv kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi, yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlar tushumi jadvallarini ishlab chiqadi, shuningdek, ularning bajarilishini tahlil qiladi va tegishli jamgʻarmalar mablagʻlarining oʻz vaqtida jamlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻradi, yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirishga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi monitoringini tizimli asosda yuritadi, jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik va har yilgi hisobotlarni tuzadi hamda koʻrib chiqish uchun tegishli jamgʻarmalarning kuzatuv kengashlariga kiritadi.

Respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻlar hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari orqali ajratiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov