Янгиликлар
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasining ishchi organiga yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuri
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasining ishchi organiga yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish toʻgʻrisida murojaat qilish uchun qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?
Javob: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan tegishli mablagʻlarni hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga ajratish toʻgʻrisida respublika kompensatsiya jamgʻarmasining ishchi organiga Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish nazarda tutilgan qarori, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlarining tegishli xulosalari, buzilishga tushgan obyektlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan roʻyxati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari, buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek olib qoʻyiladigan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash boʻyicha hisobot nusxalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari va mulkdor oʻrtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki sud qarori nusxalari ilova qilgan holda murojaat qilinishi mumkin.
Respublika kompensatsiya jamgʻarmasining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarni toʻliqligini koʻrib chiqib, ularni respublika kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashiga kiritadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov