Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmasining ishchi organiga yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik


Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmasining ishchi organiga yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish toʻgʻrisida murojaat qilish uchun qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?

Javob: Tuman (shahar) hokimliklari yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish uchun tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashi ishchi organiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlarining tegishli xulosalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining (filiallarining) yer uchastkasiga nisbatan huquq egalari hamda unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari haqidagi tegishli maʼlumotlari, kadastr hujjatidan nusxalar, buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek, olib qoʻyiladigan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash boʻyicha hisobot nusxalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari va mulkdor oʻrtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki sud qarori nusxalari ilova qilgan holda murojaat qilinishi mumkin.

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqib, ularni hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlariga kiritadi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                               B.Toshpoʻlatov