Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish boʻyicha ariza bilan qayerga murojaat qilinadi va qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?


Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish boʻyicha ariza bilan qayerga murojaat qilinadi va qanday hujjatlar ilova qilinishi lozim?

Javob: Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish boʻyicha arizasi (murojaati) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilinadi.

Mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish boʻyicha arizaga sud hujjati (hukm, hal qiluv qarori, ajrim, qaror) nusxasi, sud hujjati asosida berilgan ijro varaqaning asl nusxasi (agar sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida taqdim etilgan boʻlsa, uning asl nusxasini ilova qilish talab etilmaydi), hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar oʻtkazish uchun arizachining tegishli bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari haqida maʼlumot ilova qilinadi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov