Янгиликлар
Xodimlarni oʻziga tegishli boʻlmagan ishga jalb qilish yuzasidan mehnat qonunchiligida meyor belgilanganmi?
Xodimlarni oʻziga tegishli boʻlmagan ishga jalb qilish yuzasidan mehnat qonunchiligida meyor belgilanganmi?
Javob: Xodimlarni oʻz funksional vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etish, yani majburiy mehnat – ish beruvchi yoki fuqaro tomonidan biron-bir jazoni qoʻllash bilan tahdid qilish orqali, shuningdek, mehnat intizomini saqlash maqsadida fuqaroning ixtiyoriga hilof ravishda majburiy ravishda ish yoki xizmat bajartirish hisoblanadi.
Majburiy mehnatning asosiy tashkil etuvchilari (elementlari):
Majburiy mehnatning subyekti – ish beruvchi, davlat organi vakili yoki fuqaro boʻlishi mumkin. Bitta majburiy mehnat holati boʻyicha - bir nechta fuqaro yoki mansabdor shaxs bevosita yoki bilvosita majburiy mehnatni amalga oshiruvchisi boʻlishi mumkin. Bitta majburiy mehnat holati boʻyicha – bir nechta fuqaro majburiy mehnatning jabrlanuvchisi boʻlishi mumkin. Biron-bir jazoni qoʻllash bilan tahdid qilish turlari quyidagilar: jabrlanuvchini aldash, harakatini cheklash, ajratib qoʻyish (yakkalab qoʻyish), jismoniy yoki jinsiy zoʻravonlik oʻtkazish, qoʻrqitish yoki tahdid qilish, shaxsiga oid hujjatlarini olib qoʻyish, ish haqini kamaytirish (yoki ushlab qolish), ish sharoitlarini yomonlashtirish, huquq va imtiyozlarini yoʻqotish, ish vaqtidan tashqari ortiqcha ishlatish boʻlishi mumkin. Majburiy mehnatning jabrlanuvchisi oʻz ixtiyoriga hilof ravishda oʻzining xizmat vazifasiga kirmaydigan yoki haq toʻlanmaydigan ish yoki vazifalarni bajaradi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, istalgan ish yoki xizmatni bajarishga majburlash majburiy mehnat deb baholanadi.
Majburiy mehnatga barham berish maqsadida Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yilda qabul qilingan “Majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi 29-sonli Konvensiyasining 2014-yilda tasdiqlangan qoʻshimcha bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019-yil
25-iyunda ratifikatsiya qilindi. Shu asnoda Oʻzbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodksning 51-moddasida myehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash (bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno) uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov