Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat-huquqiy munosabatlarda ayol xodimlarga qanday kafolatlar beriladi?


Mehnat-huquqiy munosabatlarda ayol xodimlarga qanday kafolatlar beriladi?

Javob: Jamiyatimizda ayollarga nafaqat hurmat eʼtibor koʻrsatiladi, balki qonunchiligimizda ularga nisbatan bir qator imtiyozlar ham beriladi, ularning aksariyati mehnat qilish boʻyicha huquqlarni taʼminlashga qaratilgan, ishga qabul qlish jarayonida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish muammosi yuzaga kelishi mumkin. Mazkur harakatlar qonun bilan taqiqlanadi va bunday harakatni sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Shuningdek, homilador ayolni yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda maʼlum qilishi shartligi, yaʼni ishdan boʻshatilish ayol kishining jinsi hamda ijtimoiy holatiga bogʻliq boʻlmagan asoslarda ekanligi isbotlanishi shart.

Homilador ayollar va bola parvarishi uchun koʻmakka muxtoj onalarga quyidagi imtiyozlar beriladi. Xususan, tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkaziladi. Ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar avvalgi ishidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkaziladi.

Homilador ayollarni va oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Tegishli ish stajiga ega boʻlgan ayollar ellik toʻrt yoshga toʻlganda pensiyaga chiqishi mumkin.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov