Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat huquqida lokal normativ hujjatlarning ahamiyatini nimada?


Mehnat huquqida lokal normativ hujjatlarning ahamiyatini nimada?

Javob: Lokal meʼyorlar – deb ijtimoiy sherikchilikning amalga oshirilish jarayonida qabul qilinadigan va korxona hududi doirasida amal qilishga moʻljallangan meʼyoriy hujjatlar tushuniladi. Mazkur hujjatlar davlat aktlari sanalmaydi va davlat majburlov kuchi bilan taʼminlanmagan boʻlsada, mehnat huquqi fani manbalari jumlasiga kiritiladi. Bunga sabab ular vositasida korxona va tashkilotlarda vujudga keluvchi ijtimoiy mehnat munosabatlari shartnomaviy asosda tartibga solinadi. Tarmoq va hudud doirasida (bir necha yuzlab korxonalardagi mehnat munosabatlarini tartibga solishga moʻljallangan) amal qiladigan hamda ish beruvchilar va xodimlar vakillik organlari birlashmasi tomonidan qabul qilinadigan ijtimoiy sherikchilik aktlari ham lokal meʼyoriy hujjatlar deb ataladi va bunda ular davlat organlarining maxsus vakolat asosidagi huquqiy aktlari emasligi nazarda tutiladi. Lokal meʼyoriy hujjatlar universal tusda (korxona jamoa shartnomasi¸ tarmoq jamoa kelishuvi, korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalari) yoki tor maqsadga qaratilgan boʻlishi (masalan, mukofotlash haqidagi nizom, mansab (xizmat) yoʻriqnomalari va boshqalar) mumkin. Lokal meʼyoriy hujjatlar ish beruvchi, xodimlarning vakillik organi yoki xodimlar vakillik organi va ish beruvchi tomonidan birgalikda qabul qilingan boʻlishi mumkin. Lokal meʼyoriy hujjatlar normativ hujjatlarga qoʻyiladigan umumiy talablarga javob berishi kerak. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va xodimlarning majburiyatlarini belgilovchi normativ hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutiladi. Normativ hujjatga uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat boʻlgan muqaddima kiritilishi mumkin. Lokal meʼyoriy hujjatlar xodimlar ahvolini qonunda nazarda tutilganidan yomonlashtiruvchi normalar, shuningdek inson qadr-qimmatini yerga uruvchi, kamsitishga yoʻl qoʻyuvchi qoidalardan xoli boʻlmogʻi lozim. Lokal meʼyoriy hujjatlarning vaqt davomida amal qilishi masalasi uni qabul qilgan organning qaroriga koʻra (jamoa shartnomasi yoki kelishuvi tomonlari kelishuvi bilan) belgilanadi. Bunda jamoa shartnomalarining kuchga kirishi, amal qilishi yuzasidan muddatlar ushbu hujjatlarning oʻzida belgilanadi. Jamoa kelishuvi uch yildan koʻp muddat davomida amal qilishi mumkin emas. Korxonalarning lokal meʼyoriy hujjatlari ushbu korxona xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi va bu hujjatlarning hudud boʻyicha amal qilish doirasi ham ushbu korxona yoki tashkilot hududi bilan cheklanadi. Korxonaning lokal meʼyoriy hujjatlari qonun talablariga zid keladi deb hisoblovchi har bir xodim ularning qonuniyligi tekshirib koʻrilishini soʻrab sudga murojaat qilishi mumkin.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov