Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnatga oid munosabatlarning subyektlarini kimlar boʻlishi mumkin?


Mehnatga oid munosabatlarning subyektlarini kimlar boʻlishi mumkin?

Javob: Mehnat munosabatlari subyektlari asosan xodim va ish beruvchi, yaʼni xodim sifatida byelgilangan yoshga yetgan (16-yosh) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar qatnashishi ish beruvchi sifatida mehnatga oid munosabatlarning subyekti korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida, mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtda rahbar boʻlgan xususiy korxonalar, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan ayrim shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlishi mumkin.

Shuningdek, mehnat jamoasi mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan uning barcha xodimlari korxona mehnat jamoasini tashkil etadilar. Mehnat jamoasining huquq va burchlari, uning vakolatlari, ularni amalga oshirish tartibi va shakllari qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlari ham mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida Kasaba uyushmalari, ularning korxonadagi saylab qoʻyiladigan organlari, xodimlar tomonidan saylab qoʻyiladigan boshqa organlar, ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida qatnasha oladilar.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov