Янгиликлар
Xodimning asosiy mehnat huquqlari nimalardan iborat?
Xodimning asosiy mehnat huquqlari nimalardan iborat?
Javob: Jamiyatimizdagi har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Mehnat qonunchiligiga koʻra, har bir xodim: oʻz mehnati uchun qonun hujjatlarida mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilanganidan oz boʻlmagan miqdorda haq olish mumkin.
Shuningdek, muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini oʻrnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari hamda haq toʻlanadigan yillik taʼtillar berish orqali taʼminlanadigan dam olishga haqli.
Bundan tashqari, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish, qariganda, mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish, oʻzining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish, jamoalarga doir mehnat nizolarida oʻz manfaatlarini quvvatlash huquqiga ham egadirlar.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov