Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ishga nechi yoshdan boshlab qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi?


 

Ishga nechi yoshdan boshlab qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi?

Javob: Mehnat qonunchiligiga koʻra, oʻn olti yoshdan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Oʻn besh yoshga toʻlgan shaxslar ham ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumtaʼlim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini oʻn toʻrt yoshga toʻlganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning sogʻligʻiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

Ishga qabul qilinayotgan shaxs myehnat huquqiga va layoqatiga ega boʻlish lozim. Yaʼni fuqaroning oʻz xatti-harakatlari orqali mehnat huquqlarini amalga oshirish, oʻzi uchun mehnat majburiyatlari olish va ularni bajarish qobiliyati boʻlishi lozim. Mazkur mehnat layoqati Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun bir xilda tan olinadi. Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat koʻrsatilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kabi huquq va layoqatga ega boʻladi. Mehnat huquqi layoqati va mehnat layoqati fuqaroning oʻn olti yoshga toʻlishi bilan bir vaqtda yuzaga keladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov