Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ishga qabul qilish vaqtida qanday hujjatlar talab qilinadi?


Ishga qabul qilish vaqtida qanday hujjatlar talab qilinadi?

Javob: Ish beruvchi ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan faqat qonunda toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan hujjatlarnigina talab qilishi mumkin. Bunday hujjatlarga pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat, oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslardan esa, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnoma, mehnat daftarchasi, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno, oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan olgan maʼlumotnoma, harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilardan tegishli harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma, maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin boʻlgan ishlarga kirayotganda oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom, yoki boʻlmasa mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma kiradi.

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan yuqorida sanab oʻtilganlardan tashqari hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy boʻlmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Ish beruvchi xodimdan uni ishga qabul qilganidan soʻng korxonada belgilangan tartib-qoidalar doirasida boshqa maʼlumotlarni ham talab qilish mumkin (masalan, tibbiy maʼlumotnoma, avvalgi ish joyidan tavsifnoma, ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va h.k.).

.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov