Янгиликлар
Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish tartibi qanday?
Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish tartibi qanday?
Javob: Xodim tomonidan ish beruvchiga vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish haqidagi iltimos berilsa, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish korxonada mavjud boʻlsa, ish beruvchi tomonidan qanoatlantiriladi.
Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun uzrli sabablar roʻyxati, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilganda mehnatga haq toʻlash tartibi jamoa shartnomasida belgilab qoʻyilishi mumkin, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov