Янгиликлар
Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha uchinchi shaxslarni jalb qilishning huquqiy asoslari nimalardan iborat?
Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha uchinchi shaxslarni jalb qilishning huquqiy asoslari nimalardan iborat?
Javob: Mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud jarayonida uchinchi shaxslarni jalb qilinishi shart. Bunda sud mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusi bilan jalb qiladi.
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga oʻtkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning oʻzidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq toʻlash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov