Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tarkibi va ish olib faoliyati qanday tashkillashtiriladi?


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tarkibi va ish olib faoliyati qanday tashkillashtiriladi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi raislaridan iborat tarkibda ish yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, Bosh prokurori, adliya vaziri, Advokatlar palatasi raisi, sudyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, lekin toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Qonunchilikni qoʻllash masalalariga doir qarorlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov