Янгиликлар
Huquqshunosga savol: “Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas” tarifini tushuntirib bersangiz?
Huquqshunosga savol: “Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas” tarifini tushuntirib bersangiz?
Sudga murojaat qilish shaxsning ajralmas huquqi boʻlib, hech kim bunday huquqdan mahrum etilishi mumkin emas.
Shaxsning sudga murojaat qilish huquqining ajralmasligi shunda ifodalanadiki, hatto shaxsning oʻzi ham bunday huquqdan voz kechishi mumkin emas. Shaxs muayyan masala yuzasidan sudga murojaat qilishni lozim topmasligi va sudga murojaat qilmasligi mumkin, zero, bu shaxsning majburiyati emas, huquqidir. Lekin sudga murojaat qilishni lozim topmaslik bilan sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish farqli tushunchalar hisoblanadi va qonun sudga murojaat qilish huquqidan voz kechishni istisno etadi..
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.Tursunov