Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Huquqshunosga savol: Iqtisodiy protsess bosqichlari nimalardan iborat?


Huquqshunosga savol: Iqtisodiy protsess bosqichlari nimalardan iborat?

Iqtisodiy protsess bosqichlari – iqtisodiy sudlarda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda nizoni hal qilish maqsadida protsessual harakatlarning tizimli va ketma-ketlikda amalga oshirilishi hamda maqsad va vazifalariga koʻra boʻlinishiga aytiladi. Iqtisodiy protsessual huquqning moddiy shakli iqtisodiy protsess bosqichlari va unda amalga oshiriladigan protsessual harakatlarda koʻrinadi va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning aniq bajariladigan joyi, tartibi, shakli va mazmuni sifatida ifodalanadi.

Iqtisodiy protsess bosqichlari:

§    birinchi instansiya sudida ish yuritish (2-boʻlim);

§    apellatsiya instansiyasida ish yuritish (34-bob);

§    kassatsiya instansiyasida ish yuritish (35-bob);

§    nazorat tartibida ish yuritish (36-bob);

§    yangi ochilgan holatlar boʻyicha ish yuritish (37-bob);

§    sud hujjatlarini ijro yetish ( 5-boʻlim).

Ish boʻyicha iqtisodiy sudlov ishlarini yuritish yuqorida koʻrsatilgan bosqichlardan ketma-ketlikda olib boriladi. Har bir bosqichdagi odil sudlov jarayoni mustaqil sud hujjatini qabul qilish bilan yakunlanadi. Ammo muayyan iqtisodiy ish iqtisodiy protsessning barcha bosqichlaridan oʻtishi shart yemas. Ishni koʻrish birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilinishi bilan yakunlanib, boshqa bosqichlarni chetlab ijro bosqichiga ham oʻtishi mumkin. Agar sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan boʻlsa, ish apellatsiya instansiyasida koʻrib chiqilgandan keyingina ijro bosqichiga oʻtish mumkin.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                          N.Tursunov