Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qanday nizolar iqtisodiy sudlarga taalluqli?


Qanday nizolar iqtisodiy sudlarga taalluqli?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining
25-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga:

iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar boʻyicha ishlar koʻrilayotganda taraflar boʻlgan fuqarolar oʻrtasidagi fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;

iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlar;

bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar;

hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlar;

korporativ nizolar boʻyicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;

investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar;

raqobatga oid ishlar;

chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa taalluqli boʻladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov