Янгиликлар
Iqtisodiy protsessda sudlovga tegishlilik qanday amalga oshiriladi?
Iqtisodiy protsessda sudlovga tegishlilik qanday amalga oshiriladi?
Javob:
Iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan koʻriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari: taraflardan biri Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi boʻlgan ishlarni; chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli. Investitsiyaviy nizolar boʻyicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻriladi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov