Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori


Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi:

Kam ta’minlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo‘yicha ariza beruvchilar, ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo‘lsa;

ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

o‘z huquqlari buzilgan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

 

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi                      Sh.No‘monov.