Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Iqtisodiy ishlarning sudlovliligining qanday turlari mavjud?


 

Iqtisodiy ishlarning sudlovliligining qanday turlari mavjud?

Javob:

Iqtisodiy ishlarini sudga taalluqli ekanligi aniqlangandan soʻng ana shu ishlarni qaysi sud boʻgʻinida koʻrishi lozimligi qonunda belgilangan.

Sudlovlik ikki maʼnoda tushuniladi. Agar sudlovlilik: birinchidan-ayrim iqtisodiy ishlarining koʻrilishi va hal qilinishi sud organlariga taalluqli (tegishli) boʻlishligini anglatadi; ikkinchidan, sudlovlilik yagona sud tizimiga kiradigan sudlarning (shahar, viloyat, respublika sudlarining) qaysi biri muayyan iqtisodiy ishini koʻrish va hal qilishga vakolatli (huquqli) boʻlishini bildiradi. Demak sudlovlilik deganda, sudlarning vakolatiga berilgan iqtisodiy ishlarni qaysi sud koʻrib hal etilishligini bildiradi.

Sudga tegishliligi aniqlangan ishni hal qilishga qaysi sud vakolatli ekanligini belgilashda sudlovlik ikki turga: birinchidan, turdosh sudlovlik va ikkinchidan, xududiy sudlovlikka boʻlinib chegaralanadi. Yagona sud tizimi tarkibidagi sudlarning qaysi bir (Toshkent shahar, viloyat sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlarini koʻrishga hamda qaysi hollarda yuqori instansiya sudida koʻrishga vakolatli boʻlishini qonun belgilaydi. Ishning qaysi sudga tegishli boʻlishligini (sudlovlikni) belgilashda koʻriladigan ishning turiga ham, nizoning predmeti nimadan iborat boʻlishi va taraflarning kimlar boʻlishiga ham eʼtibor beriladi. Sudlovlikning bunday chegaralanishiga turdosh sudlovlik deb aytiladi. Turdosh yoki predmetli sudlovlik deb ishning turi yoki xarakteriga qarab har xil turdagi sudlarga ishlarning tegishli boʻlishligi tushuniladi. Turdosh sudlovlik boʻyicha yagona sud tizimidagi har turli sudlar oʻrtasidagi vakolati ajratiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov