Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik nima?


Daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik nima?

Javob:

Yuridik shaxslarga nisbatan daʼvolar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida boʻlinmalari faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinmalar davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Fuqarolarga nisbatan daʼvolar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgarlardan biri davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki joylashgan yerdagi yoki uning maʼlum boʻlgan oxirgi joylashgan yeridagi sudga taqdim etilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan va boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogar joylashgan yerda yoki javobgarning mol-mulki joylashgan yerda taqdim etilishi mumkin. Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan daʼvolar majburiyat ijro etiladigan joy boʻyicha taqdim etilishi mumkin. Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvolar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin. Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvolar, shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov