Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Iqtisodiy ishlarini bir suddan boshqasiga oʻtkazish asoslarini tahlil eting?


Iqtisodiy ishlarini bir suddan boshqasiga oʻtkazish asoslarini tahlil eting?

Javob:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli.

Hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudning Rayosati tomonidan bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishni birinchi instansiya sudi boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga haqli.

Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda oʻz ish yurituviga qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, oʻzi tomonidan mazmunan koʻrilishi kerak. Sud ishni quyidagi hollarda boshqa sudga oʻtkazadi, agar ish sudlovga tegishlilik qoidalarini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda koʻrish chogʻida maʼlum boʻlsa, bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin boʻlmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda koʻrish mumkin boʻlmay qolgan boshqa hollarda. Ishni boshqa sudda koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda koʻrish uchun qabul qilib olinadi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov