Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Davlat boji va daʼvo bahosi toʻgʻrisida maʼlumot bering?


Davlat boji va daʼvo bahosi toʻgʻrisida maʼlumot bering?

Javob:

Daʼvo talablari koʻpaytirilganida davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda daʼvoning koʻpaygan summasiga muvofiq undiriladi. Daʼvo qiymati kamaytirilganda toʻlangan boj qaytarilmaydi. Davlat bojining miqdori, uni toʻlashdan ozod qilish va uning miqdorini kamaytirish qonun hujjatlarida belgilanadi. Alohida hollarda sud daʼvogarning arizasiga koʻra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berishga haqli. Daʼvo baholanishi lozim boʻlsa, daʼvo arizasida daʼvoning bahosi koʻrsatilishi kerak.

Daʼvo bahosining koʻrsatilishi davlat boji toʻgʻri toʻlanganligini tekshirish uchun zarur, chunki belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanmaganda, iqtisodiy sud daʼvo arizasini qaytaradi. Daʼvo bahosini aniqlanishi davlat boji toʻlovini toʻgʻri hisoblash imkonini beradi. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha daʼvoning bahosi talab qilinayotgan summadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mulk huquqini tan olish, shuningdek huquqiy munosabatning mavjud yemasligini tan olish (masalan, shartnomani haqiqiy yemas deb topish) toʻgʻrisidagi daʼvolar baholanmaydi. Bunday daʼvolar boʻyicha davlat boji nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi. Daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi. Agar daʼvo arizasida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan boshqa shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarni undirish toʻgʻrisidagi talablar mavjud boʻlsa, daʼvo bahosiga ushbu foizlar ham kiritiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov