Янгиликлар
Ishni iqtisodiy sudda koʻrish bilan bogʻliq qanday chiqimlar mavjud?
Ishni iqtisodiy sudda koʻrish bilan bogʻliq qanday chiqimlar mavjud?
Javob:
Sud chiqimlari sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, iqtisodiy sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni oʻz joyida koʻzdan kechirish uchun toʻlanishi kerak boʻlgan summa, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining taxminiy summasi iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi va davogar tomonidan iqtisodiy sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyilishi kerak. Ekspertlar, mutaxasis, guvohlar va tarjimonlarga iqtisodiy sudga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, uy-joy ijarasi xarajatlari qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi. Ekspertlar va tarjimonlar iqtisodiy sudning topshirigʻi bilan bajargan ish ularning xizmat vazifasi doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladilar. Iqtisodiy sudga guvoh sifatida chaqirilgan fuqarolarning sudga kelishi tufayli yoʻqotilgan vaqt bilan bogʻliq xarajatlari qoplanadi.
Ishda ishtirok etib, tegishli iltimos bilan murojaat qilgan shaxs guvohlar va yekspertlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summani iqtisodiy sudning deposit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkazadi. Agar ikkala tomon iltimos bilan murojaat qilgan boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadilar. Agar qoʻshimcha ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan sud chiqimlari ekspertga sud tomonidan depozit hisobidan toʻlanadi. Ekspertlarga, guvohlarga va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar iqtisodiy sud tomonidan ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin toʻlanadi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov