Янгиликлар
Iqtisodiy ishlarda protsessual muddatlarni qanday turlari mavjud?
Iqtisodiy ishlarda protsessual muddatlarni qanday turlari mavjud?
Javob:
Protsessual harakatlar Iqtisodiy protsessual kodeksi yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak boʻlgan voqea koʻrsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davri bilan belgilanadi. Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi. IPKning 164-moddasi birinchi va ikkinchi qismida sud muhokamasining muddati ishni sudda koʻrishga tayyorlash va koʻrish muddatlari umumiy muddatlarga ajratiladi. Unga koʻra, sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov