Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish, tiklash, uzaytirish va oʻtkazib yuborishning huquqiy oqibatlarini qanday?


Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish, tiklash, uzaytirish va oʻtkazib yuborishning huquqiy oqibatlarini qanday?

Javob:

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat oʻtishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning oʻtishi koʻrsatilgan shaxslarni oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

Protsessual muddatlar oʻtganidan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish. Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan barcha oʻtib ketmagan protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.

Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash. Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunda belgilangan, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u oʻtkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra tiklashga haqli. Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Protsessual muddatlarni uzaytirish. Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin. Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov