Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Dalillarga baho berishning har tomonlama” va “toʻliq” baho berishi degnda nima tushuniladi?


Dalillarga baho berishning har tomonlama” va “toʻliq” baho berishi degnda nima tushuniladi?

Javob:

IPKning 74-moddasiga koʻra sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho berishi lozimligini nazarda tutilgan. Ushbu holatda dalillarni baholashdagi “har tomonlama” va “toʻliq” tushunchalari oʻrtasida oʻxshashlik va farqli jihatlari mavjud. Oʻxshashligi shundaki, sud dalillarning har tomonlamaligi va toʻliqligini baholashda ish uchun ahamiyatli boʻlgan dalillarni toʻplashi lozim.

Farqli jihatlari shundaki, birinchidan, dalillarni har tomonlama va toʻliq tekshirishning maqsadi turli maqsadlarga yerishishga yoʻnaltirilgan; ikkinchidan, dalillarni har tomonlama va toʻliq tekshirishning subyektiv tarkibi, mazmuni va yuridik tabiati ikki xil mazmunga yega; uchinchidan, tushunchalar bir-biriga hajmi jihatidan ham toʻgʻri kelmaydi.

Ichki ishonch boʻyicha dalillarga baho berish deganda dalillar boʻlib hisoblangan faktlarni haqiqiyligi va ish holatlarini haqiqatdan ham ularni mavjudligini tasdiqlab berish uchun foydalanadigan dalillarni sudyalarning oʻzlari hal qilishidir.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov