Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Merosxo‘r o‘ziga tegishli merosdan voz kechishi mumkin


Merosxo‘r o‘ziga tegishli merosdan voz kechishi mumkin

Vorislik instituti bo‘yicha fuqarolarga berilgan huquqlardan biri bu merosdan voz kechish hisoblanadi.

Jumladan, Fuqarolik Kodeksining 1147-moddasiga muvofiq merosxo‘r meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqda merosdan voz kechishga haqli. Merosdan voz kechish merosxo‘r tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi. Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan bo‘lsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin. Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.

Mazkur normadan ko‘rinadiki merosdan voz kechish qonunga asosan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berishga vakolatli meros ochilgan joydagi notariusga merosxo‘rning merosdan voz kechish haqida yozma ariza berishi orqali amalga oshiriladi.

Merosdan voz kechish orqali qonun bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r hisoblangan va merosdan voz kechgan shaxsda vorislik huquqi tugallanadi hamda ushbu huquq boshqa shaxslarda paydo bo‘ladi.

Fuqarolik Kodeksining ushbu normasi bilan qaysi vaqtdan boshlab merosdan voz kechish mumkinligi belgilangan (meros ochilgan kun). Biroq, shaxs qaysi vaqtgacha merosdan voz kechish huquqiga ega bo‘lib turadigan yakuniy muddat ko‘rsatilmagan, ya’ni uning chegarasi o‘rnatilmagan. Boshqa mamlakatlar qonunchiligida merosdan voz kechishning muayyan muddatlari mavjud.

Mazkur moddada o‘rnatilgan merosdan voz kechishni amalga oshirish tartibi ariza berish orqali merosni qabul qilish tartibi bilan o‘xshash: merosdan voz kechish haqidagi ariza bilan murojaat qilish lozim bo‘lgan shaxs ko‘rsatilgan, vakil orqali merosdan voz kechish haqida ariza berish imkoniyati va tartibi belgilangan. Vakil orqali merosdan voz kechishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda har qanday shaxs emas, faqat ishonchnoma bilan vakolat berilgan shaxs vakil hisoblanadi. Ishonchnoma Fuqarolik kodeksining qoidalariga muvofiq tasdiqlanishi va unda ushbu voz kechishga bo‘lgan vakolat maxsus nazarda tutilishi shart.

Shuningdek, qonunchilikda merosdan voz kechishning qat’iyligi prinsipi belgilangan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda merosdan voz kechgan merosxo‘r amalga oshirilgan voz kechishni qaytarib olish yoki o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmaydi

 

Toshkent viloyat adliya boshqarmasining Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi bosh maslahatchisi Esonboyev Axror Abdusalom o‘g‘li