Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Iqtisodiy protsessda ekspertizaning qanday turlari mavjud?


Iqtisodiy protsessda ekspertizaning qanday turlari mavjud?

Javob:

Iqtisodiy protsessda ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari oʻtkaziladi:

- sud-ekologik ekspertizasi, sud-avtotexnika ekspertizasi, transport vositalarini va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yongʻin-texnikaviy ekspertiza, sud-iqtisodiy ekspertiza, sud-tovarshunoslik ekspertizasi, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining ekspertizasi va yoʻriqnomada koʻrsatilgan boshqa turdagi ekspertizalar – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida;

- shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida;

- sud xashunoslik ekspertizasi – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida; Boshqa ekspertiza muassasalarida ularning ixtisosligidan kelib chiqib boshqa turdagi ekspertizalar ham oʻtkazilishi mumkin.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov