Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Iqtisodiy protsessda dalilni taʼminlashning ahamiyati va maqsadi nimada?


Iqtisodiy protsessda dalilni taʼminlashning ahamiyati va maqsadi nimada?

Javob:

Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yuritishiga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.

Daʼvo arizasi bilan birga berilgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sud majlisida berilgan taqdirda, u shu majlisda koʻrib chiqilishi lozim.

Agar daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza ishni yuritish jarayonida berilgan boʻlsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqiladi. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Daʼvoni taʼminlash haqidagi yoki daʼvoni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Hakamlik sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmagan holda koʻrib chiqiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov